Professor Roik Valentin Dementevich tashrifi

Professor Roik Valentin Dementevich tashrifi

“Pensiya ishi” kafedrasi tashabbusi bilan institutga Rossiya ijtimoiy rivojlanish va sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Mehnat va ijtimoiy sug‘urta ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori o‘rinbosari, iqtisod fanlari doktori, professor Roik Valentin Dementevich tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida o‘quv-pedagogik faoliyatga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish hamda oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni muntazam ravishda jalb etish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash hamda institut rektori tomonidan 2018-yil 15-avgustda tasdiqlangan “O‘quv jarayoniga jalb etiladigan xorijiy professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar to‘g‘risida”gi jadvalga muvofiq 2019-yilning 18-aprel kuni Toshkent moliya institutiga Rossiya ijtimoiy rivojlanish va sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Mehnat va ijtimoiy sug‘urta ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktori o‘rinbosari, iqtisod fanlari doktori, professor Roik Valentin Dementevich tashrif buyurdi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Roik Valentin Dementevich G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari fakuletida “O‘zbekison va Rossiya: pensiya ta’minoti tizimidagi islohotlar” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada “Pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishining 2-kurs BPI-70,71, 3-kurs BPI-90,91, “Moliya” ta’lim yo‘nalishining MM-91 guruhi talabalari va kafedraning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Tashrif davomida professor Roik Valentin Dementevich institutga o‘zining “Социальное страхование в меняющемся мире” nomli ilmiy asarini taqdim qildi. Tashkil etilgan ma’ruzalar qiziqarli va mazmunli o‘tdi

 

21:00 / 2019-04-19
Success helper
Success warning